Iqtisodiyot

Bloomberg: Yevropa uchun Rossiya gazidan arzon gaz yo‘q

Moskva YеI energetika bozoridagi mavqeini tiklashi taxmin qilindi.

Bloomberg: Yevropa uchun Rossiya gazidan arzon gaz yo‘q

 

Rossiyada yana Yevropaning eng yirik gaz yetkazib beruvchisiga aylanish imkoniyati bor. Bu haqda Bloomberg agentligi tahlilchisi Xavyer Blas taxmin qildi.

 

“Yevropa yetakchilari Ukraina inqirozidan keyin odatiy tartibga qaytmaslik haqida qancha vaʼda bermasin, geografik va bozor realligi eng qatʼiyatli siyosatchilarning ham fikrini o‘zgartirishi mumkin”, – degan ekspert.

 

U Saksoniya federal o‘lkasi bosh vaziri Mixael Krechmerning so‘zlarini misol qilib keltirgan. Krechmer o‘tgan oyda “rus gazidan voz kechish —tarixni bilmaslik va geosiyosiy xato” deb atagandi.

 

Blasning qayd etishicha, hozirda Berlin 1 megavatt soat gaz uchun 140 yevro to‘lamoqda, bu 2014-2020 yilga shu ko‘rsatkichga nisbatan 7 barobarga ko‘p.

 

“Agar Yevroittifoq kimyo, oziq-ovqat va og‘ir sanoatda raqobatbardoshligini saqlab qolishni istasa, unga arzon gaz zarur. Yevropa uchun Rossiya gazidan arzon xomashyo yo‘q”, – deb taʼkidlagan ekspert.

 

Ukrainada qurolli mojaro boshlangach, Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni kamaytirdi. Keyinchalik yetkazib berish deyarli to‘xtab qoldi. Hozirda faqat Turkiya va Ukraina orqali kam miqdorda “moviy olov” yetkazib berilmoqda.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"