O'zbekiston

Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident “Uzbekistan airways” faoliyatini tanqid qildi.

Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 14-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Davlat rahbarining 2021 yil 30 apreldagi qarorida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Bu borada ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda, yetuk konsultantlar jalb etilmoqda.

 

Xususan, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini isloh qilish bo‘yicha turkiyalik mutaxassis Ilker Ayji jamoasi bilan ish olib borilmoqda. U “Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasini boshqargan kezda uni mintaqaviy darajadan global miqyosga muvaffaqiyatli olib chiqqan.

 

Bugun “Uzbekistan airways” oldiga ham shunday vazifa qo‘yilgan. Mamlakatning geografik joylashuvi va soha infratuzilmasidan oqilona foydalanib, uni xalqaro transport xabiga aylantirish ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda davlat rahbariga “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni transformatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya haqida axborot berildi.

 

Unga muvofiq, aviakompaniyaga xalqaro tajriba asosida korporativ boshqaruv tizimi joriy etish, havo kemalarini ko‘paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va yuk tashish tarmog‘ini kengaytirish choralari ko‘riladi. Xorijiy investorlarni jalb etgan holda aviakompaniyani jahon standartlari asosida xususiylashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi.

 

Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish, shuningdek, aholining mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda arzon narxlarda harakatlanishini taʼminlashdan iboratdir.

 

Prezident bu rejalarni maʼqullab, uning ijrosiga tezroq kirishish kerakligini taʼkidladi.

 

“Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz. Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yo‘lovchilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakkayu yagona yo‘limiz shu”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Aviakompaniyada loyiha ofisi tuzib, tranformatsiya jarayonini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.