0

Nosozliklarga ham o‘rganib qoldik: metroning “Pushkin” bekatida poyezd to‘xtab qoldi

“Toshkent metropoliteni” doimgidek uzr so‘rash bilan kifoyalandi.

Nosozliklarga ham o‘rganib qoldik: metroning “Pushkin” bekatida poyezd to‘xtab qoldi

 

“Chilonzor” yo‘nalishidagi “Pushkin” bekatiga 14 dekabr kuni soat 08:00 atrofida kirib kelgan poyezd nosozlik sabab to‘xtab qoldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 2-sonli harakat tarkibining ayrim yoritish moslamalarida qisman nosozlik holati kuzatilgan. Mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan fuqarolar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilib, soat 08:05 da ushbu poyezd tekshiruv punkti tomon harakatlangan.

 

"Hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"