0

Toshkentda “Matiz” yonib ketdi

Holat yuzasidan FVV maʼlumot berdi.

Toshkentda “Matiz” yonib ketdi

 

Qayd etilishicha, 14-dekabr kuni soat 11:20 larda Olmazor tumani KHAY—Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahada 33 yoshli haydovchi B.F. "Matiz" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda, transport vositasida qisqa tutashuv va uning natijasida yong‘in yuzaga kelgan. 

 

FVVning maʼlum qilishicha, uni bartaraf etish maqsadida 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:28da o‘chirilgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"