Iqtisodiyot

O‘tgan oyda inflyatsiya miqdori qanday bo‘ldi?

Markaziy bank maʼlumotlarni ochiqladi.

O‘tgan oyda inflyatsiya miqdori qanday bo‘ldi?

 

Bugun, 15-dekabr kuni Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda jahon bozorida asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida muvozanatlashuv kuzatilayotgan bo‘lsa ham, ichki bozorda narxlarga bo‘lgan bosimlar saqlanib qolayotgani taʼkidlandi. Aholi inflyatsion kutilmalari, umumiy inflyatsiyaning so‘nggi 3-4 oyda sezilarli o‘zgarmaganligi va ayni paytda bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi trendi iqtisodiyotda “nisbatan qatʼiy” pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda.

 

Yig‘ilishda belgilangan asosiy stavka dinamikasidan kelib chiqib shakllanadigan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani keyingi yilgi prognoz darajasiga pasaytirishga zamin yaratib boradi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Isteʼmol bozorlarida talab va taklifga taʼsir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo‘lgan bosim yuqoriligicha qolmoqda.

 

Noyabr oyida yillik inflyatsiya surʼati 12,3 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari
16,0 foizga oshgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar mos ravishda 10,7 va 7,8 foizga qimmatlashdi.

 

O‘tgan oy natijalariga ko‘ra, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3 foizni, tadbirkorlarning kutilmalari esa 14,3 foizni tashkil etgani holda o‘tgan oylar darajasida qolmoqda.

 

Shuningdek, yillik bazaviy inflyatsiya noyabrda 13,4 foizgacha tezlashib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 10,1 foiz bandgacha oshdi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"