Gaz eksportidagi O‘zbekiston va Xitoy statistikasidagi farq qanday kelib chiqmoqda?
Ushbu savolga Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov javob berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz eksportida O‘zbekiston va Xitoy statistikasidagi farq bir-biriga to‘g‘ri kelmagani turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh bu farq qanday kelib chiqmoqda? Ushbu savolga Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov javob berdi.
"Bu yerda tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi chiqqan bo‘lsa, Xitoy tarafi esa, umuman O‘zbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.
Va bu yerda O‘zbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, O‘zbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. U yerda bizning hududda “Aziatransgaz” qo‘shma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.
Yaʼni O‘zbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun to‘langan pul. Mana shu ikkita summani qo‘shganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi", — deydi vazir.







