Siyosat

Suriya va Turkiya yarashishga yaqinmi?

Moskvada ikki davlat mudofaa vazirlari uchrashdi. Bu so‘nggi 11 yilda shunday formatda tashkil etilgan ilk uchrashuv.

Suriya va Turkiya yarashishga yaqinmi?

 

Moskvada Rossiya, Turkiya va Suriya mudofaa vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Eʼtiborlisi, bu Suriya va Turkiya harbiy rahbariyatining 2011-yildan buyon ilk uchrashuvi bo‘ldi. 

 

Turk tomonidan mudofaa vaziri Xulusi Akar va milliy razvedka tashkiloti rahbari Xakan Fidan, Suriya tomonidan mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos ishtirok etgan. Rossiya delegatsiyasiga Sergey Shoygu boshchilik qilgan.

 

RF mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuvda Suriya inqirozini hal qilish uchun umumiy yechimlar muhokama qilingan. Shuningdek, terrorchi guruhlarga qarshi kurash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

 

Suriyada 12 yildan buyon fuqarolar urushi davom etmoqda. RF amaldagi prezident Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlasa, Anqara Asadga muxolifatda bo‘lgan guruhlarga ko‘mak berib keladi.

 

So‘nggi vaqtlarda Turkiya va Suriya yetakchilari uchrashuvi haqida ko‘plab xabarlar tarqaldi. Moskva ikki prezident uchrashuvida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"