Jahon

Janubiy Koreya o'zining yadro qurolini yaratishi mumkin

Mamlakat Prezidenti bunga majbur qilayotgan omillarni ochiqladi.

Janubiy Koreya o'zining yadro qurolini yaratishi mumkin

 

Janubiy Koreya boshqa davlatlarning yadroviy qurolidan foydalanishi yoki o‘zinikini yaratishi mumkin. Mamlakat Prezidenti Yun Sok-Yolga ko’ra, bu Shimoliy Koreya bilan munosabatlar yanada yomonlashgan taqdirda amalga oshiriladi.

 

Xabar qilinishicha, Yun Sok-Yol Mudofaa vazirligining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalari to‘g‘risidagi Prezidentga hisoboti chog‘ida vazirlikka bu bo’yicha topshiriq bergan.

 

"Agar shunday vaziyat taqozo qilsa, ilmiy texnologiyalarimiz yordamida biz ko‘p vaqt sarflamasdan, tezda yadroviy qurolga ega bo‘lamiz", — dedi Prezident.

 

Shu bilan birga, u ayni damda “real mumkin bo‘lgan” variantlarni tanlash muhimligini ta’kidladi. Seul hozir Vashington bilan yadroviy aktivlari masalalarida axborot almashish, birgalikda rejalashtirish va bunday rejalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilayotganini ta'kidladi.

 

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi so'ngida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR yadro kuchlarini kuchaytirish, yadro kallaklarini ommaviy ishlab chiqarish, bir zumda qarshi hujumga qodir bo'lgan yangi qit'alararo ballistik raketa tizimini yaratish va tezkor razvedka ishlarini yakunlash zarurligini e'lon qilgan edi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

Vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutashuv yuzaga kelgani yong'inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti uning sha’niga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib, bunday qilmaslikni so‘radi.

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Agar qonunbuzarlik tasdiqlansa, TikTok jarimaga tortilishi mumkin.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.