Iqtisodiyot

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi ishlab chiqilmoqda

Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh-qosh bo‘ladi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi ishlab chiqilmoqda

 

Moliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan «Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur Nizom davlat xaridlari jarayonida Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish, reyestrga davlat xaridlari ijrochilarni kiritish va undan chiqarish tartibini belgilaydi.

 

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi davlat xaridlarida:

 

  • xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlaganda;

  • ijrochilar belgilangan tartibda majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda aybdor deb topilganda, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

  • ishtirokchilar davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etganlikda, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida maʼlumotlarni ochib bermaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;

  • ijrochilar tegishli sudning qaroriga muvofiq firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilganda ushbu Reyestrga kiritiladi.

 

Ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi Reyestrga vakolatli organ tomonidan:

 

  • tegishli sudning qaroriga;

  • Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga;

  • vakolatli organning xulosasiga asosan kiritiladi.

 

Insofsiz ijrochi Reyestrga ikki yil muddatga kiritiladi va bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Reyestrdan chiqarilgan hisoblanadi.

 

Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Belgilangan tartibda muddatidan avval Reyestrdan chiqarilgan hollar bundan mustasno.

 

Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan insofsiz ijrochi tegishli sudga murojaat qiladi va faqat sud qaroriga asosan vakolatli organ insofsiz ijrochini muddatidan avval Reyestrdan chiqarishi mumkin.

 

Reyestrdagi maʼlumotlar barcha uchun ochiq bo‘lib, foydalanuvchilar ulardan erkin va bepul tanishib chiqishi va foydalanishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"