Iqtisodiyot

"Bu biznesni emas, isteʼmolchilarni jazolash" — Otabek Bakirov

Iqtisodchi metan bilan bog‘liq qatʼiy cheklovlar amal qilayotgan bir sharoitda benzin savdosi bilan shug‘ullanadigan AYOQSHlarning yopilishi juda katta xatoligini aytmoqda.

"Bu biznesni emas, isteʼmolchilarni jazolash" — Otabek Bakirov

 

Iqtisodchi Otabek Bakirov telegram kanalida 109 ta AYOQSHga benzin sotishda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun benzin yetkazib berishning to‘xtatilishi va xuddi mana shunday choralar o‘tgan yili dekabrda ham qo‘llanilgani haqida yozdi.

 

"Metan bilan bog‘liq qatʼiy cheklovlar amal qilayotgan bir sharoitda benzin savdosi bilan shug‘ullanadigan AYOQSHlarning yopilishi juda katta xato. Chunki o‘zi busiz ham juda ko‘p hududlarimizda benzin sotuvchi AYOQSHlar juda kam. Ayrim tumanlarda bitta yo ikkita AYOQSH faoliyat ko‘rsatadi.

Eʼtibor qiling, Samarqand viloyatida naq 26ta, Farg‘ona viloyatida esa 22ta AYOQSHga benzin yetkazish to‘xtatilgan. Viloyatlar qirqimida aniq statistika yo‘q, lekin kuzatishlarimga ko‘ra, kamida mazkur viloyatlardagi AYOQSHlarning kamida uchdan birini tashkil etishi mumkin. Balki ayrim tumanlarda ishlaydigan bironta AYOQSH ham qolmagan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Bu bilan qoidabuzarliklar jazolanmasin demayapman, lekin jazo shakli boshqacharoq, balki moliyaviy bo‘lishi kerak va bu jazo AYOQSH faoliyatini to‘xtab qolishi oqibatlarini yaratmasligi zarur. Ayniqsa hozir, ayniqsa viloyatlarda. Aks holda bu isteʼmolchilarni jazolash bo‘ladi, qoidabuzar biznesni emas", — deydi iqtisodchi.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"