Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Misrda bo‘lib o‘tgan davra suhbati chog‘ida ma‘lum qildi.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud

 

Qohirada ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Taʼkidlanishicha, so‘nggi yillarda iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Misr munosabatlari faol rivojlanish bosqichiga o‘tgan. 2017 yildan buyon o‘zaro savdo va sarmoyaviy hamkorlik faollashib, ushbu yo‘nalishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi besh yilda uch barobardan ziyod, 2017-yilda qariyb10 million dollardan 2022 yilda 30,5 million dollargacha oshdi. O‘zbekistonning Misrga eksporti 16 barobarga oshgan.

 

“Bularning barchasi Misrlik yirik investorlarga O‘zbekistondagi xilma-xil savdo-iqtisodiy loyihalarida ishtirok etish, Markaziy Osiyoning qoq Markazidagi jo‘g‘rofiy o‘rnini hisobga olgan holda qo‘shma investitsion loyihalarini amalga oshirish, bu esa unumdorlik va eksport imkoniyatlarini oshiradi”, — deydi Markaz direktori Obid Hakimov.

 

Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, investitsion sohadagi hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Xususan, O‘zbekistonda Misrlik ishbilarmonlarning kapitali ishtirokida 29 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Misrning “Solifar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi “Bo‘stonliq-farm” EIZda farmatsevtika sohasida (qiymati 20 mln dollar) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyatida gepatit C preparatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha (1,4 mln dollar) Misrning “One World Pharma” kompaniyasi bilan ishlar olib borilmoqda. «Kapo Agri» kompaniyasi bilan Namangan viloyatida baliqchilik sohasidagi loyiha bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tkazildi.

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi o‘zaro savdo va investitsion ko‘rsatkichlari hajmi to‘g‘risidagi maʼlumotlar tahlili natijasida ushbu sohada hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud ekanligi alohida qayd etib o‘tildi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"