Jahon

Bangladeshdagi qochqinlar lageri yonib ketdi

Hodisa oqibatida 12 mingga yaqin odam boshpanasiz qoldi.

Bangladeshdagi qochqinlar lageri yonib ketdi

 

Bangladesh rasmiylari roxinja qochqinlari lagerida yuz bergan keng ko‘lamli yong‘in sabablarini o‘rganmoqda, natijada 12 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, oshxonalardagi gaz ballonlarining portlashi tufayli alanga bir zumda kamida 2000 qurilmani vayron qilgan. Qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.

 

Politsiya yong‘in qasddan sodir etilganligini tekshirmoqda. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, bir kishi hibsga olingan.

 

Mamlakat janubi-sharqida joylashgan lager dunyodagi eng yirik qochqinlar lageri sanaladi. Uning aksariyat aholisi, roxinja qochqinlari qo‘shni Myanmadagi taʼqiblardan bu yerga qochib ketishgan.

 

Dushanba kuni yuzlab odamlar vayronalardan nima qutqarish mumkinligini bilish uchun Koks bozori deb nomlanuvchi hududga qaytib kelishdi.

 

Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:45 atrofida boshlangan yong‘in tezda bambuk va brezent bostirmalarga o‘tgan.

 

Bangladesh qochqinlar bo‘yicha komissari Midjanur Rahman AFPga:

 

«2000 ga yaqin qurilma yonib ketdi, 12 mingga yaqin Myanma fuqarolari uysiz qoldi», — dedi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch soat ichida yong‘in o‘chirilgan, biroq kamida 35 ta masjid va 21 qochqinlarni tayyorlash markazi vayron qilingan. PZR laboratoriyalari va suv tizimlariga ham taʼsir ko‘rsatdi.

 

Bangladesh Mudofaa vazirligining o‘tgan oy eʼlon qilgan hisobotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning dekabrigacha roxinja lagerlarida 222 ta yong‘in sodir bo‘lgan, shu jumladan, 60 tasi o‘t qo‘yish holatlari.

 

2021 yilning mart oyida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 15 kishi halok bo‘lgan va 50 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

 

Qochqinlar lagerida roxinja etnik ozligiga qarshi harbiy bosimdan so‘ng Myanmadan qochgan odamlar yashaydi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.