Siyosat

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlatimiz rahbari BAA Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

Suhbatda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yili o‘zaro savdo hajmi ikki barobarga ko‘paydi. O‘zbekistonda 240 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi.

 

Neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, infratuzilmani rivojlantirish sohalarida, tog‘-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston va BAA yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.