0

Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar qamalishi mumkin

Prezident imzolagan Qonunga asosan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.

Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar qamalishi mumkin

 

Unga ko‘ra, mazkur Kodeks quyidagi mazmundagi norma bilan to‘ldirildi:

 

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir o‘tkazish:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar qamalishi mumkin