0

Poytaxtning ayrim tumanlari 2 kun suvsiz qoladi

Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ maʼlum qildi.

Poytaxtning ayrim tumanlari 2 kun suvsiz qoladi

 

Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning taʼmirlanishi rejalashtirilgani bois, quyidagi manzillarda 2023-yil 10-aprel soat 9:00 dan 12-aprel soat 9:00 gacha ichimlik suvi taʼminoti to‘xtatiladi

 

Sergeli tumani:

Jun ariq, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, Sug‘diyona, Qumariq, Oltin Vodiy, Uchuvchilar, Bunyodobod mahallalarida;

Yangihayot tumani:

Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli, Toshkent mahallalarida;

Yakkasaroy tumani:

Boshliq, Qushbegi mahallalarida, Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qaxxor ko‘chalarida;

Mirobod tumani:

Tyemiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"