0

Toshkent drenajini tuzatish uchun 700 million ajratiladi

Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov bu bo‘yicha qaror imzolagan.

Toshkent drenajini tuzatish uchun 700 million ajratiladi

 

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshishi kabi holatlarning oldini olish maqsadida drenaj va kollektorlarni (irrigatsiya tizimini) taʼmirlash va beton quvur yotqizish ishlarini amalga oshirish uchun 700 million so‘m pul ajratiladi

 

Bu haqda Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov qaror imzolagan.

 

Qarorga ko‘ra, pullar mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga beriladi.

 

So‘nggi kunlardagi yomg‘irlar oqibatida Toshkent ko‘chalari suv ostida qolgandi. Buni poytaxt hokimligi ko‘p yomg‘irga tayyor emasligi bilan izohlagandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkent drenajini tuzatish uchun 700 million ajratiladi