Siyosat

Shveysariyada O‘zbekiston atrof-muhiti muhofazasi uchun muhim bo'lgan masala muhokama qilindi

Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston  delegatsiyasi Jenevada o‘tkazilgan konferensiyalar ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shveysariyada O‘zbekiston atrof-muhiti muhofazasi uchun muhim bo'lgan masala muhokama qilindi

 

Tabiat resurslari vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, konferensiya aʼzo davlatlar, BMT Atrof muhit dasturi (UNEP) va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

 

 Konferensiyada  Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi va uch planetar inqirozni (iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning yo‘q bo‘lib ketishi, atrof-muhitning ifloslanishi va chiqindilar) oldini olish bo‘yicha harakatlarni jadallashtirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 Anjuman doirasida O‘zbekiston tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT bosh kotibi yordamchisi, UNEP ijrochi direktori o‘rinbosari Elizabet Mrema bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda UNEP O‘zbekistonda boshlangan qator tashabbuslar atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim rol o‘ynashini taʼkidladi. Buning isboti sifatida joriy yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning uchta yirik tadbirlari – cho‘llanish bo‘yicha global tadbir, Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi va Butunjahon turizm tashkiloti (UNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi alohida eʼtirof etildi.

 

Suhbat davomida Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish maqsadida UNEP Iqlim texnologiyalar markazi va tarmog‘i bazasida O‘zbekistonda mintaqaviy “Yashil markaz” ochish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

 

Shu bilan birga, UNEP tomonidan 2020 yildan beri “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha bir qator amaliy tadbirlar va muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Fond va UNEP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

 

Muhokamalar yakunida laboratoriya xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro tajribalarni qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Qolaversa, Tabiat resurslari vazirligi huzurida «Kimyoviy markaz» ochishga kelishildi. Bundan maqsad kimyoviy konvensiyalar yo‘nalishida va kelgusida pestitsidlarni tartibga solish bo‘yicha Rotterdam konvensiyasiga qo‘shilishdir.

 

Yevropa Ittifoqi va FAO hamkorligida qiymati 4 million yevroga teng bo‘lgan kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarni tartibga solish hamda BMTning kimyoviy konvensiyalari doirasida olingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash bo‘yicha loyiha shu yilning 3-choragida ishga tushirilishi tasdiqlandi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"