Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar byudjet hisobidan sog‘lomlashtiriladi
Har yili 1200 nafar ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lomlashtirish xarajatlari advlat tomonidan qoplanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sog‘lomlashtirish hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati aʼzolariga tibbiy xizmat ko‘rsatishda yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Taqdim etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, 2024-yildan boshlab O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tavsiyasiga asosan ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli “Yangiyo‘l” yurak-asab kasalliklari sihatgohiga yo‘llanmalar berish joriy etiladi.
Buning natijasida har yili 1200 nafar ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarning “Yangiyo‘l”dagi sog‘lomlashtirish xarajatlari davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Qayd etilishicha, loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarni sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari xarajatlarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish.







