0

Toshkentning 6 ta tumanida “svet” o‘chirildi

Elektr taʼminoti avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida o‘chirilgan.

Toshkentning 6 ta tumanida “svet” o‘chirildi

 

Toshkent shahrining bir qator tumanlarida taʼmirlash ishlari sababli 13-iyun kuni elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.


Maʼlum qilinishicha, avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 13-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:

 

  • Yashnobod tumanining Yangilik, Muruvvat ko‘chalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilg‘or shox, Ilg‘or 2-berk, Mirishkor ko‘chalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
  • Sergeli tumanining  “Sug‘diyona”, “Nog‘oyqo‘rg‘on” hamda “Belariq” MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;
  • Mirobod tumanining Shahrisabz ko‘chasidagi 38 ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
  • Chilonzor tumanining Dilxush, Go‘zal hamda Qizil sharq ko‘chalari hududida soat 18:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumanining A. Qahhor, 15-31, 4-5 tor, Xumo, Damariq 1-2 tor, Glinka ko‘chalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yo‘li, “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
  • Yunusobod tumanining Kulol qo‘rg‘on ko‘chasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha.

 

Qayd etilishicha, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldinroq yakunlanishi ham mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"