0

"Uxlamasang, ko‘zlaringni o‘yib, o‘ldiraman" — Buxoroda tarbiyachilar bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘ldi

Taʼlim tashkilotining sobiq direkori mazkur holatga ko‘z yumgani aniqlandi.

"Uxlamasang, ko‘zlaringni o‘yib, o‘ldiraman" — Buxoroda tarbiyachilar bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

 

Aniqlanishicha, mazkur holat joriy yilning fevral oyida sodir etilganligi, taʼlim tashkilotining sobiq direktori esa kuzatuv kameralari orqali bu holatni aniqlagan bo‘lsa-da, tarbiyachilarga nisbatan jazo choralarini ko‘rmaganligi maʼlum bo‘ldi.

 

O‘rganishlar xulosasiga ko‘ra, qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan 2 nafar tarbiyachiga nisbatan belgilangan tartibda “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"