Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

 

28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

 

Ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori surʼat va samarali tus olgani qayd etildi.

 

Yurtimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon qariyb 100 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.

 

Joriy yil 1 iyul kunidan boshlab Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi o‘zaro savdo hajmining yana-da ortishiga xizmat qiladi. Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

 

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"