0

Qashqadaryoda somon ortilgan KAMAZ yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda somon ortilgan KAMAZ yonib ketdi

 

Kecha, 12 iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani Taxtapul MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lida somon bog‘lami (press) ortilgan qizil rangli KAMAZ yonib ketdi

 

Qayd etilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv-bo‘linmasi jalb qilinib, yong‘inga soat 17:54 larda to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog‘lami yongan.

 

Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani Shirinobod MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo‘lgan, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"