0

Endi Hisob palatasi har chorakda hisob beradi

Bu Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan belgilab qo‘yildi.

Endi Hisob palatasi har chorakda hisob beradi

 

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra

 

Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

 

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Hisob palatasi:

 

  • moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
  • nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan maʼlumotlar mustasno;
  • har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.

 

Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Endi Hisob palatasi har chorakda hisob beradi