Sport

Ikkinchi bor ota bo‘lgan Neymar "PSJ"dan ketmoqchi emas

Uni hozirgi 25 million yevrolik maosh qoniqtiradi.

Ikkinchi bor ota bo‘lgan Neymar "PSJ"dan ketmoqchi emas

 

“PSJ”ning braziliyalik hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida Fransiya klubini tark etish niyatida emas. “L‘Équipe” nashrining yozishicha, Neymarning qaroriga ko‘p omillar sabab bo‘lgan: braziliyalik Parijda o‘zini qulay his qilmoqda, futbolchi yaqinda ikkinchi marta ota bo‘ldi, uni hozirgi 25 million yevro maoshi qoniqtirmoqda. Bundan tashqari, yulduz forvard mavsumni jarohatlarsiz o‘tkazish va “PSJ” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istamoqda.

 

Neymar avvalroq “PSJ”da qolish istagini bildirgan edi. Braziliyalik futbolchi 2017-yildan buyon fransuz klubida o‘ynab kelmoqda. Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan. Neymar joriy mavsumda “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

 

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"