Iqtisodiyot

Rossiyadagi ayrim banklarning UnionPay kartalari chet elda ishlashni to‘xtatadi

AQSH sanksiyalari ostida qolgan “Tinkoff” va “Solidarnost” banklari xorijdagi mijozlarni naqd pul yechib olishga chaqirdi.

Rossiyadagi ayrim banklarning UnionPay kartalari chet elda ishlashni to‘xtatadi

 

"Tinkoff bank" tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalari bugun, 21 iyuldan boshlab AQSHning bankka qarshi sanksiyalari tufayli xorijda ishlashni to‘xtatadi. Bu haqda kredit tashkilotining Telegram-kanalida xabar berildi

 

Bank xorijdagi mijozlariga yaqin kelajakda naqd pul yechib olishni maslahat berib, Rossiyada kartalar odatdagidek ishlashda davom etishini taʼkidladi. “Tinkoff” vakillari yaqin orada to‘lov tizimining qarori tufayli UnionPay kartalarini chiqarish to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi. 

 

Rossiyaning yana bir banki, AQSHning yangi cheklov choralariga duchor bo‘lgan — “Solidarnost” ham Rossiyadan tashqaridagi mijozlarga naqd pul olishni maslahat berdi.

 

"Ikkilamchi sanksiyalardan qo‘rqib, ayrim kontragent banklar xorijdagi bankdan pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatini cheklashi mumkin", deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, 20 iyul kuni AQSH Rossiyaning beshta bankiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Ro‘yxatga “Tinkoff” va “Solidarnost”dan tashqari «Loko Bank», “Yunistrim” hamda Peterburg ijtimoiy tijorat banki kirdi. Bundan tashqari, Vashington 18 nafar rossiyalik, jumladan Hisob palatasi sobiq rahbari Aleksey Kudringa nisbatan cheklov choralarini qo‘llagan. Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining tadqiqot markazlari va institutlari, yuk va yo‘lovchi kemalari, sanoat va mudofaa korxonalari ham sanksiyalar ostida qoldi. 

 

AQSH Moliya vazirligi bayonotida aytilishicha, yangi choralar Moskvaning Ukraina urushini davom ettirishiga imkon beruvchi tovarlardan foydalanishini to‘xtatish, shuningdek, Rossiyaning metallurgiya va tog‘-kon sanoatidan tushadigan daromadlarini kamaytirish, uning kelajakdagi energetika imkoniyatlariga putur yetkazish va xalqaro moliya tizimiga kirishini yomonlashtirish uchun mo‘ljallangan. 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"