Jahon

Xanun to‘foni Yaponiyaga yetib keldi

Yaponiya meteorologiya agentligi tayfun yer ko‘chkilari, suv toshqinlari va kuchli shamollarga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Xanun to‘foni Yaponiyaga yetib keldi

 

Chorshanba kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolining ayrim hududlariga Xanun tayfuni kuchli yomg‘ir keltirdi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

 

To‘fon tufayli orolda elektr taʼminoti uzilgan, tezyurar poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan.

 

Yaponiya meteorologiya agentligi sekin harakat qilayotgan tayfun yer ko‘chkilari, suv toshqinlari va kuchli shamollarga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi. Kyusyu janubida va shimolida, shuningdek, Amami-Osima orolida kuchli yomg‘ir bo‘lishi mumkin.

 

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Tinch okeani sohilidagi Yaponiyaning g‘arbiy va sharqiy qismini qamrab olgan hududlarda avgust oyida rekord darajadagi yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

 

Kyushu Electric Power Co. maʼlumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10:00 holatiga ko‘ra, Kumamoto, Oita, Miyazaki va Kagosima prefekturalarida 17 630 ga yaqin uy elektr taʼminotidagi uzilishlardan zarar ko‘rgan.

 

Meteorologiya agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, soat 14:00 da Xanun to‘foni Makurazaki shahridan 140 km g‘arbda bo‘lgan. Tayfundagi shamol tezligi soatiga 144 km ga yetadi.

 

Bundan tashqari, Yonhap axborot agentligining xabar berishicha, chorshanba kuni janubiy Chedju orolida yaqinlashib kelayotgan to‘fon sababli 140 ga yaqin reyslar to‘xtatilgan.

 

Koreya meteorologiya boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, kuchli to‘fon Yaponiyadan Janubiy Koreya tomon harakatlanyapti. Prognozlarga ko‘ra, ertaga mamlakatning janubiy qirg‘oqbo‘yi hududlariga o‘tadi.

 

Chedju xalqaro aeroportining maʼlum qilishicha, kuniga rejalashtirilgan 492 reysdan 137 tasi mahalliy vaqt bilan soat 13:00 holatiga ko‘ra bekor qilingan.

 

Oroldan orolga yo‘lovchilar qatnovi ham to‘xtatildi va juma kunigacha davom etmaydi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"