Jahon

Rossiyada qariyb 500 kg kokain bilan ushlangan shaxslar oqlandi

Moskva shahar sudi Ekvadordan Sankt-Peterburgga 472 kilogramm kokain olib o‘tishda ayblanganlarni oqladi.

Rossiyada qariyb 500 kg kokain bilan ushlangan shaxslar oqlandi

 

Moskva shahar sudi Ekvadordan 472 kilogramm kokainni Sankt-Peterburg porti orqali olib o‘tish bo‘yicha 2019-yilda qo'lga olingan Litvaning uch fuqarosi va ikki nafar rossiyalikni oqladi, deb yozadi “Vedomosti".

 

Gumonlanuvchilar Ernestas Kazlauskas, Mindaugas Koretsas, Igoris Grigas, Georgiy va Ivan Radomirovlar giyohvand moddalar yetkazib berish maqsadida uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblangan. Ularga umrbod qamoq jazosi bilan tahdid qilingan.

 

Kontrabanda ishi ko'rib chiqqan hakamlar hay’atining fikricha, uyushgan jinoiy guruh tuzish nuqtai nazaridan hech qanday jinoiy hodisa yuz bermagan va ayblanuvchilarning giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorligi isbotlanmagan.

 

Natijada ayblanuvchilar sud zalining o'zida qamoqdan ozod qilingan. Endilikda hukm qonuniy kuchga kirsa, ular reabilitatsiya va moddiy tovon puliga umid qilishlari mumkin.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"