Jahon

KXDRda ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldoshi yana muvaffaqiyatsiz uchirildi

Janubiy Koreya KXDR harakatlarini qoraladi. Yaponiyada trevoga eʼlon qilindi.

KXDRda ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldoshi yana muvaffaqiyatsiz uchirildi

 

Shimoliy Koreyaning josus sunʼiy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishga ikkinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Raketa-tashuvchining uchinchi pog‘onasida nosozlik yuz berdi, deb xabar berdi The Guardian.

 

May oyida parvozga birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugagandi. O‘shanda “Chollima-1” raketasi dengizga qulab tushgan.

 

Bu safar raketaning birinchi va ikkinchi pog‘onalari parvozi yaxshi o‘tgan, biroq uchinchi bosqich parvozi vaqtida favqulodda portlash tizimidagi xatolik tufayli missiya yakunlanmagan.

 

Janubiy Koreya harbiylari Soxe kosmodromidan uchirilgan raketaning parvozini kuzatib turgan va u muvaffaqiyatsizlikka uchradi, degan xulosaga kelgan.

 

Kosmik apparatni uchirishga navbatdagi urinish oktyabr oyiga rejalashtirilgan.

 

Yaponiyada trevoga eʼlon qilindi

 

KXDR sunʼiy yo‘ldoshi sabab Yaponiyada tongda favqulodda ogohlantirish eʼlon qilindi. Unda Okinavaning eng janubiy prefekturasi aholisiga yopiq joylardan boshpana topish tavsiya berildi.

 

Trevoga eʼlon qilinganidan taxminan 20 daqiqa o‘tgach, Yaponiya hukumati raketa Tinch okeaniga o‘tib ketganini maʼlum qildi va trevoga to‘xtatildi.

 

Janubiy Koreya KXDR harakatlarini qoraladi

 

Janubiy Koreya harbiylari sunʼiy yo‘ldoshni uchirishga urinishni provokatsiya va BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga ballistik raketa texnologiyasidan foydalanishni taqiqlovchi rezolyutsiyalarini buzish sifatida qoraladi.

 

Anonimlik sharti bilan gapirgan amerikalik mulozim AQSH harbiylari Shimoliy Koreyaning sinovidan xabardor ekanini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni berishdan bosh tortdi.

 

Shimoliy Koreya Milliy aerokosmik maʼmuriyati muvaffaqiyatsizlik sababini tekshirish va tuzatish choralarini ko‘rishini maʼlum qildi.

 

Yadro quroliga ega KXDR orbitaga o‘zining birinchi harbiy josuslik sunʼiy yo‘ldoshini joylashtirmoqchi. Kelajakda Pxenyan Amerika va Janubiy Koreya qo‘shinlarining harakatini kuzatish uchun butun sunʼiy yo‘ldoshlar flotini yaratishni rejalashtirmoqda.

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Tramp, Si Szinpin va Putin uchrashdi: “Tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilindi

Yetakchilar yadroviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqot qilishga kelishdi. Biroq yadroviy arsenalni qisqartirish yuzasidan aniq majburiyatlar belgilanmadi.

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Janubiy Koreyada imtihon nazorati kuchaytirildi: 98 nafar abituriyent qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi

Nazorat choralari sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish bilan bog‘liq mojaro ortidan kuchaytirilgan.

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda avtobus va gaz tashuvchi yuk mashinasi to‘qnashdi: 10 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Putin, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi 1,5 soat davom etdi: nimalar muhokama qilindi?

Rahbarlar yakunda OAV uchun qo‘shma bayonot bermagan.

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsioner amaldorlar ogohlantirildi: hech kim javobgarlikdan qochib qutulmaydi

Korrupsiyani davlatga bo‘lgan ishonchni pasaytiruvchi va mamlakat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi ta'kidlandi.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.