Iqtisodiyot

O‘zbekistondagi banklar soni yana bittaga ko‘paydi

Prezident bu bo‘yicha tegishli qarorni imzoladi.

O‘zbekistondagi banklar soni yana bittaga ko‘paydi

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi.  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida quyidagilar tashkil etildi:

  • “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;

  • hududlarda 14 ta kichik biznesga ko‘maklashish markazlari. 

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kichik biznes loyihalari uchun 7 yilgacha muddatlarda kreditlar ajratiladi.

Ijobiy kredit va soliq tarixiga ega tadbirkorlarga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.

Qarorga ko‘ra, sanoat sohalarida “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturi amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, mazkur dasturga kiritilgan tarbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablag‘lari ajratiladi.

Bundan tashqari, dasturni amalga oshirishni raqamlashtirish uchun elektron platforma ishga tushiriladi.

Qarorga muvofiq:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti taqiqlanadi;

  • QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi;

  • foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovchi tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mga oshiriladi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"