Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yangi ko‘mir koni ochildi

Konda hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 million tonna.

O‘zbekistonda yangi ko‘mir koni ochildi

 

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi To‘polong suv ombori yuqori qismidan yangi ko‘mir konini o‘zlashtirish boshlandi.

 

To‘polong ko‘mir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Ayni paytda ko‘mir konidan isteʼmolchilarga 35 ming tonna ko‘mir zaxirasi qazib olinib, yetkazib berishga tayyorlab qo‘yilgan.

 

Ko‘mir konida ishlarni jadallashtirish uchun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni ko‘mir tashish 1000-1200 tonnagacha olib borilmoqda. To‘polong ko‘mir konida hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 million tonna.

 

Qazib olinayotgan mahsulot eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli ro‘yxat asosida qo‘shimcha 20 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.

 

Hozirgi kunda To‘polong ko‘mir koni havzasida ko‘chkilar bilan bog‘liq xavfsizlikni taʼminlash, mahsulot qazib olish jarayonida ko‘mir qatlamiga aniqlik kiritish va yangi konlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"