Sport

AQShda Messi muzeyi ochiladi

Loyiha olti oydan so'ng ishga tushadi.

AQShda Messi muzeyi ochiladi

 

Leo Messining MLSga kelishi “Inter Mayami” tarixida katta o'zgarish sodir etdi. O'tgan mavsumda jamoa o'yiniga o'rtacha 12,6 ming muxlis tashrif buyurgan bo'lsa, bu yil 16,3 ming nafarga yetdi. Garchi Messi hozirgacha faqat uchta uy uchrashuvida maydonga tushdi. Ilgari klubning ijtimoiy tarmoqda 900 ming obunachisi bor edi, hozir esa 15,4 million.

 

Xabarlarda aytilishicha, Messining MLSdagi debyut o'yinini 12,5 million tomoshabin ko'rgan va bu faqat AQSh uchun dashshatli statistika. "Inter" bosh murabbiyi Devid Bekxem esa g'urur bilan shuni ma'lum qildi: Leoning klubdagi taqdimotini 3,5 milliard odam tomosha qildi. Bu shunchaki aqlga sig'maydigan holat.

 

Messining shtatlarda paydo bo'lishi imkon qadar monetizatsiya qilinmoqda. Shu raqamlar haqida o‘ylab ko‘ring: argentinalik futbolchi transferidan so‘ng “Inter” ishtirokidagi o‘yinlar uchun chiptalar narxi 700 foizdan ko‘proqqa oshdi. “Mayami”ning raqiblari ham yulduz futbolchi orqali ko'proq pul ishlab olishmoqda.

 

Albatta, masalani faqat sport bilan cheklab bo'lmaydi. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, 2024-yilning 25-aprelida Mayamida Leo multimedia muzeyi ochiladi, uning ichida “The Messi Experience Park” sayyohlik interaktiv ko‘rgazmasi bo‘ladi.

 

Loyiha olti oydan keyin ishga tushsa-da, chiptalarni 26-oktabrdan sotib olish mumkin bo‘ladi. Narxlar esa $29,9 dollarni tashkil qiladi.

 

Turli texnologik jihatdan nufuzli tadbirlar kutilmoqda. Tashrif buyuruvchilar futbolchining Rosariodagi og‘ir bolaligidan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan butun faoliyatini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Asosiy urg‘u, albatta, 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati g‘olibligiga qaratiladi.

 

Futbolchi muxlislarga hayotining turli tomonlarini ochib beradigan bunday keng ko'lamli loyihaning bir qismi bo'lganidan xursand ekanligini ta'kidlagan.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"