Sport

"Manchester Siti"ning asosiy raqibi kim?

Bunga Pep Gvardiola javob berdi.

"Manchester Siti"ning asosiy raqibi kim?

 

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola " Liverpul"ni o'z jamoasining APLdagi asosiy raqibi deb atadi.

 

"Bizning asosiy raqibimiz "Liverpul" hisoblanadi. Ular biz uchun ishlarni qiyinlashtiradi va bu bizni har jihatdan yaxshiroq qiladi. Ular “Siti”dagi faoliyatim davomida boshqa hech bir jamoa qilmagan tarzda raqobatlashadi. Albatta, “Arsenal” qaytdi, “Nyukasl” kuchaydi, “Chelsi” bazi narsalarni qayta qurish jarayonida. Ammo ularning barchasiga vaqt kerak", - dedi Gvardiola.

 

"Manchester Siti" Angliya chempionatida o‘nta o‘yindan so‘ng 24 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"