Iqtisodiyot

QIWI Uzbekistan ilovasi 18 dekabrdan ishlamaydi

Kompaniya foydalanuvchilardan Uzcard va HUMO kartalariga pul o‘tkazib olishini so‘radi.

QIWI Uzbekistan ilovasi 18 dekabrdan ishlamaydi

 

Rossiyaning QIWI to‘lov tizimi 18 dekabrdan QIWI Uzbekistan ilovasini yopadi. Bu haqda xizmat saytida maʼlumot berildi.

 

Agar hamyon hisobida pul qolgan bo‘lsa, kompaniya 18 dekabrgacha ilova orqali Uzcard va HUMO bank kartasiga pul chiqarib olishni, shuningdek, har qanday xizmatlar — kommunal, uyali aloqa va boshqalar uchun to‘lov qilish mumkinligini so‘radi.

 

16 noyabrdan boshlab elekton pullarni saqlash xizmati uchun har kuni — 75 ming so‘m komissiya olinadi.

 

"Bu zaruriy chora, chunki QIWI Uzbekistan ilovasi yopilyapti va biz mijozlarimizning pullarini ushlab tura olmaymiz. Iltimos, pullaringizni tezroq chiqarib oling", — deyiladi xabarda.

 

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan barcha xalqaro pul o‘tkazmalari uchun to‘lov tizimlariga cheklov o‘rnatilgani sababli O‘zbekistondagi hamyondan boshqa davlatdagi hamyoniga pul o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi.

 

Kompaniyaning bildirishicha, hozir O‘zbekistonda elektron hamyonning funksionallari ancha cheklangan — faqat mahalliy xizmatlar uchun to‘lovlar va mahalliy banklarning kartalariga o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, deyarli 90 foiz foydalanuvchilar hamyondan maxsus xorijiy xizmatlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalangan.

 

"O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan barcha to‘lov tizimlariga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli ushbu xizmatlar hozirda mavjud emas. Shuning uchun biz ilovani yopishga qaror qildik", — deya qayd etdi QIWI.

 

Xizmatlar endi yagona QIWI ilovasida mavjud bo‘ladi. Rubl yoki tengeda yangi hamyon yaratish uchun sizga faqat o‘zbek telefon raqami kerak bo‘ladi. Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, xizmat Telegram orqali bog‘lanishingizni so‘radi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"