Sport

"Real" FIFAdan 1,2 million kompensatsiya olishi mumkin

Bu Eduardo Kamavinganing jarohati bilan bog'liq.

"Real" FIFAdan 1,2 million kompensatsiya olishi mumkin

 

FIFA Eduardo Kamavinganing jarohati sabab "Real"ga kompensatsiya to‘laydi. Eslatib o‘tamiz, u Fransiya terma jamoasining mashg‘ulotlari vaqtida Usman Dembele bilan to‘qnashib ketib, jarohat olgandi. U ikki oy davomida maydonga tusha olmasligi mumkin.

 

Kamavinga FIFA kunlari doirasida jarohat olgani uchun tashkilot "Real"ga har bir kun uchun 20,5 ming yevro miqdorida pul to‘laydi. Shu tariqa, bu summaning umumiy hisobi 1,2 million yevroga yetishi mumkin (agar Kamavinga 2 oy o‘ynay olmasa).

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"