Iqtisodiyot

AQSH bir qancha rossiyalik treyderlarga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSH Moliya Vazirligi Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasiga rioya qilish talablarini kuchaytirdi.

AQSH bir qancha rossiyalik treyderlarga qarshi sanksiyalar kiritdi

 

2023 yil fevral oyida G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya Rossiya tomonidan eksport qilinadigan neft narxi chegarasini bir barrel uchun 60 dollar qilib belgiladi. Bu mexanizm ushbu mamlakatlar kompaniyalarining yuk tashish charter va dengiz sug‘urtasi bozorlarida ustunligi tufayli ishlaydi deb taxmin qilingandi.

 

Ushbu xizmatlar bo‘yicha shartnomalarda tashiladigan neftning narxi ko‘rsatilishi, agar sug‘urtalovchilar va kema egalari sanksiyalarni buzganliklari uchun javobgarlikka tortilishni istamasalar belgilangan chegaradan yuqori narxda Rossiya neftini eksport qilishda ishtirok etishni rad qilishlari kerak edi.

 

Amalda, ko‘plab belgilar yuqori narx chegarasining ishlamayotganligi, kamida kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatmoqda: Rossiya egalari sanksiyalar qo‘ygan davlatlardan tashqarida joylashgan tankerlarda neft eksport qilishni boshladi va muqobil sug‘urtachilarni topdi. Kiyev Iqtisodiyot maktabi hisob-kitoblariga ko‘ra, oktyabr oyida dengiz orqali eksport qilinadigan Rossiya neftining 99% dan ortig‘i bir barrel uchun 60 dollardan yuqori narxlarda sotilgan. Rossiyaning 2024 yil uchun byudjeti,e xarajatlarning 30–40 foizigacha (hisoblash usuliga qarab) Ukrainadagi urushga to‘g‘ri keladi. Byudjet, rus neftining bir barreli uchun 71,3 dollar narxida bo‘lishidan kelib chiqqan holda tuziladi.

 

AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tavsiyalarining yangi tahririda Rossiya neft va neft mahsulotlarini har bir yuklash va tushirish uchun narx sertifikatlarini olish muddatini belgilab berilgan va kompaniyalarga tegishli barcha xarajatlarni hujjatlashtirish majburiyatini yuklaydi. Yangi talablar 19 fevraldan kuchga kiradi.

 

OFAC shuningdek, ikkitasi Gonkongda (Bellatrix Energy Limited va Energy Limited) va uchinchisi BAAda (Voliton DMCC) ro‘yxatdan o‘tgan uchta treyderga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi. Departamentning press-relizida ushbu kompaniyalar ijaraga olgan yoki egalik qilgan kemalar ro‘yxati keltirilgan.

 

Bundan tashqari, sanksiyalar Amirliklarda ro‘yxatdan o‘tgan kema egasi SUN Ship Management D Ltd kompaniyasini ham o‘z ichiga oladi. Amerika rasmiylarining bildirishicha, Rossiyaning "Sovkomfloti" davlat kompaniyasiga tegishli va uning kemalarini boshqaradi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"