Siyosat

O‘zbekiston Belarus va Rossiyadagi saylovlar kuzatuvchisi bo‘lishi mumkin

MDHga aʼzo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining Reglamenti tasdiqlandi.

O‘zbekiston Belarus va Rossiyadagi saylovlar kuzatuvchisi bo‘lishi mumkin

 

O‘zbekiston kelasi yil Belarus va Rossiyada o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) aʼzo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishida maʼlum qilindi.

 

O‘zbekiston raisligida MDHga aʼzo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya saylov organlari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) aʼzo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining II yig‘ilishi

 

MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Neʼmatovning so‘zlariga ko‘ra, Kengash saylov tizimi va qonunlarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat yaratmoqda.

 

Yig‘ilishda MDHga aʼzo davlatlar saylov organlari rahbarlari Maslahatlashuv kengashining reglamenti tasdiqlandi.

 

Hujjat besh bo‘limdan iborat. U kengashning ish tartibi, uning majlislarini tashkil etish va o‘tkazish, kengash ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, qarorlarning ijrosini taʼminlash tartibini belgilaydi.

 

“2024 yil 25 fevralda bo‘lib o‘tadigan Belarus respublikasi Milliy Assambleyasi Vakillar palatasining deputatlari saylovi hamda 17 martda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovini monitoring qilishda kengash aʼzolarining ishtiroki muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

 

Kun tartibiga yoshlarni saylov jarayonlariga jalb etish masalasi ham kiritildi.

 

Qayd etilishicha, kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2024 yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkaziladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"