Iqtisodiyot

Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

“Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yana-da oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, 2024-2025 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

 

  • misni qayta ishlash quvvatini 2024 yilda 140 ming va 2025 yilda 160 ming tonnaga yetkazish;

  • mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024 yilda 30,8 trillion so‘mgacha va 2025 yilda 38 trillion so‘mgacha oshirish;

  • mahsulotlar eksport hajmini 2024 yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025 yilda 2 millard AQSH dollari miqdorida taʼminlash.

 

Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026 yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

 

Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

 

2027 yil 1 yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.

 

2024 yil 1 apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

 

  • 3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;

  • 2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;

  • 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.

 

Qaror bilan shuningdek, 2024 yil 1 fevraldan O‘zbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini taʼminlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"