Toshkentda hokimlarning 60 ta qarori haqiqiy emas deb topildi
Bu bo‘yicha sudda 20 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Toshkent shahridagi tuman hokimlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimining 60 ta qarori sudda haqiqiy emas deb topilgan.
Maʼlum qilinishicha, poytaxt hokimi va tuman hokimlarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha 220 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan hokimlarning 60 ta qarori haqiqiy emas, deb topilgan.
Shunday qarorlar soniga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yil davomida eng ko‘p Toshkent shahar hokimining qarorlari haqiqiy emas deb topilganini ko‘rish mumkin. Shahar hokimining 23 ta qarori sud eʼtiroziga sabab bo‘lgan.
Tumanlar kesimida esa Chilonzor tumani hokimi 10 ta shunday qaror bilan yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Olmazor hokimining 7 ta, Sirg‘ali hokimining 5 ta, Shayxontohur hokimining 4 ta, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa hokimlarining 3 tadan, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Yangihayot, Yashnobod hokimlarining bittadan qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan.







