O'zbekiston

Samarqandda bozor raisi hibsga olindi

Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

Samarqandda bozor raisi hibsga olindi

 

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingan.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda Paxtachi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan G.A.ning qamalganidan onasi T.Aliyeva norozi bo‘lib videomurojaat qoldirgan. G.A. va V.N. jamiyat ishchi xodimlarining 113 million so‘mdan ortiq ish haqlarini ularga to‘lab bermasdan, jamiyat shtatlar jadvalida mavjud bo‘lmagan 8 nafar ishchi xodimlarga 13 million 781 ming so‘m ish haqi tashlab berib, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 million 594 ming so‘mlik oylik ish haqini ortiqcha hisoblab, ushbu pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan. Bundan tashqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tomonidan berilgan 68 million 250 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi  tomonidan "Paxtachi dehqon bozori" MChJ rahbari G.A. va jamiyatning bosh hisobchisi V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sudning ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan. 

 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda bozor raisi hibsga olindi | Zamon.uz