Sport

Tojikiston milliy jamoasi darvozaboniga avtomobil sovg‘a qilindi

U Osiyo kubogida ajoyib o'yin ko'rsatgandi.

Tojikiston milliy jamoasi darvozaboniga avtomobil sovg‘a qilindi

 

Osiyo kubogi-2023 turnirida chorakfinalgacha yetib borgan Tojikiston milliy jamoasi mamlakatda tantanali kutib olindi. Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Imomali qarori bilan milliy jamoaning Qatardagi muvaffaqiyatli ishtiroki inobatga olinib, jamoa jami 450 ming AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir qator futbolchilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar va tuman hokimliklari, homiylar tomonidan alohida taqdirlangan.

 

"Istiqlol" futbol klubi xabariga ko‘ra, bugun Dushanbedagi "Toyota" avtosalonida Tojikiston milliy jamoasi darvozaboni Rustam Yatimovning Qatardagi muvaffaqiyatli o‘yini va BAAga qarshi nimchorakfinalida penaltilar seriyasidagi omadli harakatlari uchun unga 2023-yilda ishlab chiqilgan yangi "Toyota Corolla" avtomobilini sovg‘a qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston turnirdagi debyutida chorakfinalgacha yetib borib, yarimfinal yo‘llanmasi uchun bahsda Iordaniyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"