Sport

Akbar Jo‘rayevga Osiyoda teng keladigan atlet topilmadi

U 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Akbar Jo‘rayevga Osiyoda teng keladigan atlet topilmadi

 

Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Hozirgina erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 180 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 400 kg natijani qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"