O'zbekiston

Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi

Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.

Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida stretch plyonkalarga o‘ralgan holda piyodalar o‘tish joyidan o‘tgan yigitlarga chora ko‘rildi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturida maʼlum qilindi.

 

2004-yilda tug‘ilgan 3 yigitning so‘zlariga ko‘ra, ular buni shart bajarish sifatida bajargan. Shartga ko‘ra, yigitlar odam gavjum joydan tanasini butunlay o‘ragan holda o‘tishga kelishgan. Shuningdek, internetga joylash orqali tanilish maqsad qilingan.

 

"Men shu shartni menga bergin, deb iltimos qilganman. Bilardim, maqsad tanilish, shu orqali internetga chiqib ketish edi. Yashil [chiroq]da tez o‘tib olaman degandim", — deydi yigitlardan biri.

 

"Men boshidan oxirigacha video olib turganman. Stretchga o‘ralganidan keyin yerga yotgan. Men orqasidan video olganman. Keyin YPX xodimlari keldi", — deydi yana bir yigit.

 

"Stretchga o‘ralib yotishim, dumalab o‘tishim kerak edi. Chilonzorda „probka“ ko‘p hozir, o‘ta olmaysan desam, yo‘q, o‘tamiz, dedi. Keyin rozi bo‘ldim", — deya holatni tushuntirdi yo‘ldan shu taxlit o‘tgan yigitlardan biri.

 

O‘z navbatida, yigitlarning otalaridan biri farzandining bu ishidan pushaymon ekani, endilikdan uni qattiq nazoratga olishini bildirdi. Yana bir ota yerga yotib, o‘zini xo‘rlagancha video olish, bu orqali mashhur bo‘lishga qarshi ekani va buni o‘g‘liga ham tushuntirganini taʼkidladi hamda uzr so‘radi.

 

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)lari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan va tuman sudiga yuborilgan.

 

Hukmga ko‘ra, yigitlar MJtKning 183- va 194-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi va ularning har biriga 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi | Zamon.uz