O'zbekiston

O‘zbekistonda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Ushbu musobaqa mamlakatda ilk bor tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

 

3 yildirki O‘zbekiston eng ommaviy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib, mamlakat baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.

 

23-25 avgust kunlari Samarqandda mazkur sport turi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashishadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"