Sport

Abduqodir Husanov eng yaxshi futbolchi deb topildi

U o'ziga bo'lgan ishonchni oqlamoqda.

Abduqodir Husanov eng yaxshi futbolchi deb topildi

 

“Lans” faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan "Lensois" sayti har uchrashuvdan keyin jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida o‘ziga xos so‘rovnoma tashkil qiladi. Muxlislar o‘yin tugashi bilan ertasi kuni soat 9:00 gacha ovoz berish yo‘li bilan eng faol futbolchini aniqlaydi.

 

“Reyms” va “Lans” o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga Abduqodir Husanov sazovor bo‘ldi.

 

Unda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 46 foizdan ko‘proq ovoz olgan holda birinchi o‘rinni egallagan. Husanovdan keyingi pog‘onani Frankovski 20 foiz ovoz to‘plagan holda egallab turibdi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan Said Ueslida 18 foiz ovoz mavjud.

 

Sayt mutaxassislari Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirgan.

 

“Abduqodir Liga 1 doirasida oltinchi bor maydonga tushdi. Jonatan Gradit o‘rnida o‘ynagan o‘zbek futbolchisi o‘ziga bo‘lgan ishonchni doim oqlamoqda. Bosh murabbiy “Frayburg”ga qarshi o‘yin oldidan himoyachini sinab olayotgan bo‘lishi mumkin”, — deydi sayt eksperti.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.