Mukarrama Turg‘unboyeva haqida film suratga olindi
U “O‘zbek sanʼati darg‘alari” turkumi ostida yaratilgan.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan “O‘zbek sanʼati darg‘alari” turkumi ostida “Mukarrama Turg‘unboyeva” nomli hujjatli filmning montaj va ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetdi.
Filmda Mukarrama Turg‘unboyevani yaqindan tanigan, u bilan ko‘p yillar yonma-yon turib xalq xizmatida bo‘lgan shogirdlari ustozlarining hayot yo‘li va ijodi haqida intervyulari joy olgan. Ularning ustozlari haqidagi xotiralari, retrodan o‘rinli foydalanilgani filmni hissiyotlarga boy, jonli va taʼsirli chiqishiga katta hissa qo‘shgan.
Filmning ssenariy muallifi va rejissyor Ilhom Haydarov, operator Samijon Sunnatilloyev, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, muharrir Kamola Yo‘ldosheva, film direktori Akromali Abdullayev.







