O'zbekiston

"Bunday bo‘yoq ko‘chishi parvozlarning xavfsizligiga taʼsir ko‘rsatmaydi"

Uzbekistan Airways ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi

"Bunday bo‘yoq ko‘chishi parvozlarning xavfsizligiga taʼsir ko‘rsatmaydi"

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways kompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner qanotida yamoqlar aks etgan video tarqaldi. Kompaniya ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Taʼkidlanishicha, Boeing kompaniyasining B787 havo kemalari kompozit qismlaridagi bo‘yoqlarning ko‘chishi birinchi marta sodir bo‘lmayapti.

 

Ushbu muammo Boeing 787 Dreamliner, yangi avlod havo kemasi, aviatsiya uchun nisbatan yangi materiallardan - taxminan 80 foiz kompozitlardan yaratilganligi bilan bog‘liq. Ultrabinafsha nurlanishni, shuningdek parvoz paytida havo kemasining egiluvchanligini hisobga olgan holda, qo‘llaniladigan bo‘yoq qatlamlari bardosh bera olmaydi va katta bo‘laklar bilan ko‘chib ketadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tahliliga ko‘ra, bunday bo‘yoq ko‘chishi kosmetik nuqson bo‘lib, parvozning yaroqliligi va havo kemasi parvozlarining xavfsizligiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi, — deyiladi xabarda.

 

Kompaniyaning bildirishicha, barcha aviatashuvchilar ultrabinafsha nurlar taʼsirida ushbu turdagi havo kemalaridagi bo‘yoq qoplamasini ko‘chishi haqida muntazam ravishda xabar beradi. Boeing kompaniyasi kompozit yuzalarida bo‘yoq qoplamasi muammolariga duch kelayotgan yagona aviatsiya ishlab chiqaruvchi emas.

 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi kompaniya havo kemalari sirtini bo‘yash va ularni ishlab chiqaruvchi bazasiga parvoz qilish bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airways AJ yaqin kelajakda Boeing 787 Dreamliner rusumidagi uchta havo kemasini bosqichma-bosqich qayta bo‘yashni rejalashtirgan. Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu muammo Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner havo kemalarida parvozlar xavfsizligi va qulayligiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi, — deyilgan xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.