Jahon

Turkiya uchun demokratiya yo‘lida muhim bosqich

Mamlakatda mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun saylovlar boshlanish arafasida.

Turkiya uchun demokratiya yo‘lida muhim bosqich

Joriy yilning 31-mart kuni Turkiyada mahalliy hokimiyat organlari saylovlari uchun ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun ushbu siyosiy jarayon haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

“Mahalliy saylovlarni Turkiya uchun demokratiya yo‘lida muhim bosqich deb hisoblaymiz. Ushbu saylovlar ham Turkiyaning mintaqadagi yetakchiligini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam deb hisoblaymiz va mamlakatimizning demokratik kamolotini va ijtimoiy faolligini oshiradigan muhim faoliyat o‘laroq qabul qilamiz. Bundan tashqari, avvalgi barcha saylovlar kabi bu saylov ham turk xalqining demokratik jarayonlarda yana-da samarali ishtirok etishiga imkon beradi va bu orqali demokratiyamizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

2024 yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarining yana bir muhim jihati shuki, bu saylovlardan keyin 4 yil ichida yangi saylovlar bo‘lmaydi. Turkiya bu 4 yil ichida Prezidentimiz janob Rajab Toyyib Erdo‘g‘an liderligida boshlangan taraqqiyot tashabbuslarini jadal ravishda davom ettiradi. So‘nggi yillarda kommunikatsiyadan diplomatiyagacha, iqtisodiy rivojlanishdan infratuzilmaga sarmoyaga qadar har bir sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar davom ettiriladi. Bundan tashqari, “Turkiya Asri”ga yangi va fuqarolik konstitutsiyasi bilan kirish maqsadi, kelgusi 4 yilning eng muhim ideali va kun tartibi bo‘ladi.

 

Ushbu qarash doirasida Turkiya demokratik standartlarini yuksaltirgan, daromad va farovonlik darajasini oshirgan, mintaqaviy va global aktyor bo‘lish daʼvosi bilan “Turkiya Asri”ni barpo etish uchun harakat qilishda davom etadi. Turk dunyosida mintaqaviy hamkorlik va sheriklik aloqalarini oshirish orqali “Turkiya Asri”ning “Turkiy Dunyo Asri”ga aylanishini taʼminlash bu davrda ham ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi. Bizning eng asosiy siyosiy shiorimiz - Turkiy Davlatlar Tashkilotining yana-da muhim ahamiyatga ega bo‘lishi va Turk dunyosi muammolariga doimiy yechim topishda yana-da taʼsirli va samarali bo‘lishiga erishishdir. Qolaversa, Turkiyaning, avvalo FETO va ISHID kabi terroristik tashkilotlariga qarshi kurashini ham qamrab olgan siyosiy hassos masalalarda do‘st va qardosh Turkiy davlatlardan eng asosiysi bahamjihatlik ko‘rsatishlarini kutib qolamiz.

 

Turkiya 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar bilan nafaqat demokratik madaniyatiga yana bir muvaffaqiyatli saylovni qo‘shadi, balki barcha viloyatlarini, ayniqsa Istanbul va Anqara kabi shaharlarini “Turkiya asriga” tayyorlaydi. Saylovdan keyingi eng muhim vazifalarimizdan biri milliy taraqqiyot, 6 fevraldagi zilziladan zarar ko‘rgan shaharlarni tiklash va qayta qurish, Istanbul kabi zilzila xavfi yuqori bo‘lgan shaharlarni chidamli shaharlarga aylantirish bo‘ladi”, deydi professor Fahrettin Altun.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiya uchun demokratiya yo‘lida muhim bosqich | Zamon.uz