Siyosat

Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga start berdi

Davlat rahbari ishtirokida ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga start berdi

Bundan bir yil avval, 18- mart kuni Yangi Toshkent shahrining qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi.

 

Bunyodkorlik ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash va direksiya tuzilib, loyihalashtirish olib borildi.

 

2024-yil 3-aprel kuni, muqaddas Ramazon oyida bu yerda ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi.

 

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, bu tarixiy voqea ekanini taʼkidladi.

 

«Bugun «Yangi O‘zbekiston» universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, maʼnaviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular maʼrifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

 

Maʼrifatli jamiyatning asosiy poydevori maktab bo‘lsa, muallim uning ustunidir. Shu bois bu yerda birinchilar qatorida Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi kampusi barpo etiladi. U 20 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 5 ming o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli bog‘cha, 616 o‘rinli maktab, 588 o‘rinli akademik litsey, zamonaviy sport kompleksi, madaniyat saroyi, amfiteatr va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida «bog‘cha – maktab – universitet» yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.

 

 

«Yangi O‘zbekiston» universiteti yurtimizdagi eng nufuzli oliygoh bo‘lib, unda muhandislik, boshqaruv, axborot texnologiyalari, agrotexnologiyalar, gumanitar va tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Shaharda mazkur universitet uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, bu yerda 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi. Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.

 

Navbatdagi loyiha — O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchun yangi majmua. Bu yerda kutubxona fondida saqlanayotgan 10 milliondan ortiq adabiyotlarni munosib saqlash va bir paytning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Uning mumiy maydoni 30 ming metr kvadratni tashkil qiladi.

 

Teatr sanʼati xalq maʼnaviyati, yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois Yangi Toshkentda xalqaro talablar asosida Milliy teatrning muhtasham binosi barpo etiladi. Unda sanʼatkorlar uchun ham, tomoshabinlar uchun ham har jihatdan qulay sharoitlar yaratiladi. Kelgusida u yurtimizdagi barcha teatrlar uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini bajaradi.

 

Shaharda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini jamlagan o‘ziga xos maʼnaviyat majmuasi ham qad rostlaydi.

 

Davlatimiz rahbari bu majmualarning imkoniyatlari va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

 

«Bugun poydevori qo‘yilayotgan maskanlar ko‘p yillar xalqimiz maʼnaviyatini boyitish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Yangi Toshkent shahrining nafaqat yurtimiz, balki mintaqamizda ham chinakam ilm-maʼrifat va madaniyat markaziga aylanishiga katta hissa qo‘shadi, deb ishonaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, binolar qurilishini boshlab berdi.

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

Turkiya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektronika, transformatorlar va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka taklif etildi.

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.