Foden Ronalduga tenglashib oldi
U kecha xet-trik qayd etdi.

Angliya chempionatining 31-turida “Aston Villa” (4:1) bilan o‘yinda uchta gol urgan “Manchester Siti” vingeri Filipp Foden ushbu musobaqada xet-triklar soni bo‘yicha “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.
Hozirda Foden va Ronaldu Angliya Premyer-ligasi o'yinlarida uchtadan xet-trik qayd etishgan. “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Dide Drogba ham APLda bu sondagi xet-triklarga erishgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Foden barcha turnirlarda 44 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.







