Ngannou vatanida dam olmoqda
U sobiq UFC chempioni hisoblanadi.

Mashhur fransuz-kamerunlik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi, og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni (120 kg gacha) Frensis Ngannou o'zining ijtimoiy tarmoqlarida yangi post joylashtirdi va u yerda obunachilarga yangi suratlarni namoyish etdi.
"Uydagi vaqtimni, futbol o'ynashga va umuman hayotdan zavqlanishga sarflayapman", - deb yozgan Frensis.
Eslatib o'tamiz, boks qoidalariga ko'ra o'tgan so'nggi jangida Frensis britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qilgandi. Unda Entoni ikkinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.







